Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1232025-06-04 22:48

“Yangiobod” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277432.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277442.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277750.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277753.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277762.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277759.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277763.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277777.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277774.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749059277779.jpg
Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov tomonidan tumanning “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv aholining murojaatlarini bevosita joyida tinglash, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha samarali muloqot maydoniga aylandi. Sayyor qabulda Farg‘ona tumani prokurori Oybek Toshpo‘latov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Odiljon Tojaliev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Akmaljon Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman miqyosidagi korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirgan 18 ta murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 9 ta murojaat esa ijro uchun mas‘ul tashkilotlarga yo‘naltirildi. Murojaatlar mazmuniga ko‘ra, fuqarolar asosan tadbirkorlik faoliyati uchun er maydonlari va bo‘sh binolar ajratish, elektr sim yog‘ochlarini almashtirish, ichki yo‘llarni yoritish kabi dolzarb masalalarni ko‘tarishdi. Tuman hokimi va mas‘ullar tomonidan har bir murojaatga alohida yondashuv asosida javob berilib, fuqarolarning huquqiy manfaatlari himoya qilinishi, mavjud muammolarning echimi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz