Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2282025-06-05 19:34

Muborak ayyom arafasida nuroniylarga ehtirom ko‘rsatildi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090215202356055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090215202358445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090215202360835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090215202364420.jpg
Ezgulik, saxovat va olijanoblik ramzi bo‘lgan Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tumanida keksa-nuroniylar, mehnat faxriylari, bemor va ehtiyojmand oilalar xonadonlariga yo‘qlovlar tashkillanib, dillarga shodlik ulashilmoqda. Ana shunday ezgu tadbir davomida bugun tuman hokimi Ravshanbek Begmatov “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi vakillari hamrohligida turli soha tarmoqlarida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan bir guruh nuroniylar holidan xabar oldi. Mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatilib, ularning munosib faoliyatlari, ibratli va boy hayotiy tajribalari uchun minnatdorlik bildirildi, hayitlik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi. Samimiy e’tibordan shod bo‘lgan keksa avlod vakillari yurtimizda tinchlik va farovonlik, qalblarda mehr-oqibat bardavom bo‘lishligini so‘rab duoga qo‘l ochdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz