Farg‘ona tumanida hunarmandchilik va oila qadriyatlariga bag‘ishlangan festival va forum bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida mahalliy ayollar faolligi, oila qadriyatlarini mustahkamlash hamda hunarmandchilik an‘analarini targ‘ib qilish maqsadida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan 63-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Kashtalar jilosi – hunarmandchilik va qadriyatlar uyg‘unligi" nomli festival va “Oilalar mustahkamligini ta‘minlashda "Oqila ayollar" harakatining o‘rni” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga milliy an‘analarimiz, xususan, oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish kabi muhim mavzular yuzasidan ma‘lumotlar etkazildi. Forumda "Oqila ayollar" harakatining mahallalardagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ta‘siri alohida e‘tirof etildi.
Festival doirasida "Milliy libos – qadriyatlarimiz ko‘zgusi" shiori ostida milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazilib, xalq amaliy san‘atining yorqin namunalaridan bo‘lgan kashtachilik va tikuvchilik mahsulotlari namoyish etildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati “Lobar qizlari” nodavlat notijorat tashkiloti markazi tomonidan “Qishloq ayollarining ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etilib, qatnashchilarga foydali tavsiyalar va amaliy ko‘nikmalar berildi.