Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

172025-06-23 19:24

So'x tumanida bug'doy yig'im-terimi boshlandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962219035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962225010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962226205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962228595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962229790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962233375.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962235765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092072962239350.jpg
Bugun So'x tumanida g'alla yig'im – terimiga rasman start berildi. Dastavval, “Ozod” shirkat xo'jalgiga qarashli mashina-traktor parkida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mutasaddi tashkilotlar ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda tashkil etilgan otryadlar vakillariga g'allani nest-nobud qilmasdan yig'ishtirib olish vazifasi yuklatildi. Birinchilardan bo'lib, “Ozod” shirkat xo'jaligi mirishkorlari bu ishga bel bog'lashdi. So'x tumani hokimi o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning so'zlariga ko'ra, tumanda 2025 yil hosili uchun 3 ta shirkat xo'jaliklari va 11 ta ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining 86 ta yer konturidagi 350 gektar ekin yer maydonlariga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan. Boshoqli don ekinlaridan mo'l va sifatli hosil olish uchun g'alla ekiladigan yer maydonlarini sifatli tayyorlab, gektar hisobiga fizik holda 105 tonna fosforli va 35 tonna kaliyli mineral o'g'itlar bilan birga ekildi. Ekilgan boshoqli don ekinlari peshma-pesh sug'orib, 350 gektar to'liq ko'chat olinishiga erishildi. Boshoqli don ekinlaridan mo'l va sifatli hosil olish maqsadida 86 ta handak chiqurcha kovlanib, 3980 tonna mahalliy o'g'itlar chiqarildi. Tumanda 2025 yil hosilidan 3 540 tonna g'alla yetishtirilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan 900 tonna shirkat va fermer xo'jaliklari tomonidan jamg'armaga don sotish rejasi belgilab berilgan. Aytish kerakki, qilinayotgan barcha ish va sa'y-xarakatlar o'z natijasini berayapti. Hosildorlik har bir gektardan o'rtacha 55 – 60 sentnerni tashkil etmoqda. Tuman mirishkorlari bir ezgu maqsad – g'allani nest – nobud qilmasdan yetishtirib olib, rejani ortig'i bilan bajarish va boshqa ekinlarni ham parvarishlab, sohada yaxshi natijalarga erishish yo'lida mehnat qilmoqdalar. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz