Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

442025-06-26 19:41

Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906173.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906294.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906463.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906570.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906582.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750948906571.jpg
“Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida“gi mavzu yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda media sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar. Matbuot anjumani davomida Akbarjon Axrorov tomonidan tumanda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud salohiyat va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma‘lumot berildi. Xususan, «Shohimardon» va «Yordon» qishloqlari, «Vodil», «Avval» va «Chimyon» shaharchalarining master rejasini ishlab chiqish jarayonlari va bu boradagi istiqbolli loyihalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar turizm sohasiga oid qiziqtirgan savollariga javob oldilar, shuningdek, ochiq muloqot orqali turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar. Matbuot anjumani yakunida tuman hokimligi tomonidan turizm sohasida ochiqlik va hamkorlik muhimligi alohida ta‘kidlandi. Farg‘ona tumanida turizmni yanada rivojlantirish borasidagi sa‘y-harakatlar izchil davom ettirilishi ma‘lum qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz