Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

202025-06-27 09:44

Farg‘ona tumani hokimining Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tabrigi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750999408031.jpg
Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va axborot sohasida fidokorona xizmat qilayotgan aziz tumandoshlar! Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Bugungi tezkor axborot asrida sizlarning kasbiy mahoratingiz, hayotiy pozisiyangiz, haqiqatparvarligingiz jamiyat taraqqiyotida, yurtimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashda, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini oshirishda beqiyos ahamiyatga ega. Farg‘ona tumanida olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xalq bilan muloqotga asoslangan boshqaruv tizimi va ijobiy natijalarni keng jamoatchilikka etkazishda sizlarning faoliyatingiz tahsinga loyiqdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, adolat va haqqoniylik tamoyillariga sodiqligingiz, professional yondashuvingiz tufayli omma xabardorligi ortib, fuqarolik jamiyati mustahkamlanmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, ijodiy yuksalish va yangidan-yangi zafarlar tilayman. Har doim xalq ishonchini oqlab, axborot maydonida bardavom va barakali faoliyat yuritishingizni tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Xamidullo Inomov Farg‘ona tumani hokimi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz