Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1312025-07-11 16:53

Fargʻona tuman Kengashining sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567577880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567579075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567581465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567587440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567591025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567598195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567605365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2093920567612535.jpg
Joriy yilning 20-may Fargʻona tuman hokimligi binosida Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiyaga tuman Kengashi deputati Ilhomjon Abduraxmonov raislik qildi. Unda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, infratuzilma, mahalliy budjet va aholining turmush darajasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlar – Ozodaxon Dadajonova, Feruzaxon Omonova, Bumayramxon Sobirova hamda Bahodir Axmadjonovlar tomonidan amaliy taklif va savollar bildirildi. Ular tomonidan ilgari surilgan takliflar mas’ul rahbarlar tomonidan muhokama etilib, tegishli izohlar va javoblar berildi. Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Muqaddam belgilangan vazifalarning bajarilishi holati tahlil qilinib, mavjud muammolar bo‘yicha yangi topshiriqlar belgilandi. Yakunda deputatlar tomonidan barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar tasdiqlandi va qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz