Farg‘ona tumanida eksportchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan eksportchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tuman hokimi Xamidullo Inomov rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda eksport sohasidagi muammolar, logistika va moliyaviy masalalar, mahsulotlarni qadoqlash hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda tuman hokimining investisiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akbarjon Axrorov tomonidan tadbirkorlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.