Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1532025-09-12 11:01

“Mehnat huquqingizni bilasizmi?” — Fargʻona tumanida davra suhbati oʻtkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100399948428950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100399948431340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100399948433730.jpg
Fargʻona tumanida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning mehnat huquqlarini yanada chuqurroq anglashlariga yordam berish maqsadida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Fargʻona tuman adliya bo‘limi YHXK (Yuridik-huquqiy konsultatsiya markazi) xodimlari tashabbusi bilan “Mehnat huquqingizni bilasizmi?” mavzusida oʻtkazildi. Mazkur davra suhbati 55-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 8-maktabda boʻlib oʻtdi. Unda xodimlarga so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun va mohiyati batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, mehnat qonunchiligiga oid asosiy masalalar – xodimlarning huquqlari va majburiyatlari, ish haqi, dam olish kunlari, mehnat shartnomalari, kasaba uyushmalari bilan bogʻliq jihatlar atroflicha muhokama qilindi. Davra suhbati qizgʻin savol-javoblar tarzida kechdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, huquqshunoslardan batafsil javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tadbir yakunida xodimlarda mehnat huquqlari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, ularning huquqiy madaniyatini shakllantirish va ish joylarida qonuniy tartib-qoidalarga rioya etish masalalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shu tarzda oʻtkazilgan o‘quv-muloqotlar natijasida xodimlar nafaqat o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshiroq anglab oldilar, balki kelgusida zarur hollarda ularni amalda himoya qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft