1552025-09-12 13:47
“Ibratli tengdoshim” tadbiri — yoshlar uchun namunali tashabbus

Fargʻona tumanida yoshlarni intizomli, faol va iqtidorli bo‘lishga undash, ularni o‘z tengdoshlaridan ibrat olishga chorlash maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tumanning Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamkorligida 55-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Ibratli tengdoshim” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘qishda yuqori natijalarga erishgan, intizom va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, shuningdek, turli sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallab, maktab sha’nini munosib himoya qilayotgan faol o‘quvchilar keng jamoatchilikka namuna sifatida taqdim etildi.
Ishtirokchilar ularning yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi, o‘quvchilarning g‘ayrat va intilishlari alohida e’tirof etildi. Tadbir davomida yoshlar o‘z tengdoshlaridan ibrat olib, yanada faol, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga undovchi fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur tashabbus yoshlar orasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, ularda liderlik fazilatlarini shakllantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi
1402025-09-12 16:22

Farg‘ona tumanida “Milliy libos – millat ko‘zgusi” tadbiri bo‘lib o‘tdi
1452025-09-12 15:23

Fargʻona tumanida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
1552025-09-12 14:11

“Mehnat huquqingizni bilasizmi?” — Fargʻona tumanida davra suhbati oʻtkazildi
1522025-09-12 11:01