Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

222025-10-22 18:20

Yashirincha foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarz toʻliq undirildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104561406368245.jpg
Majburiy ijro byurosi Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan “Elektr taʼminoti korxonasi” (ETK) foydasiga qarzdor T.L.dan 10 million 825 ming soʻm asosiy qarz va 541 ming soʻm ijro yigʻimi toʻliq undirildi. Maʼlum boʻlishicha, fuqaro T.L. elektr tarmogʻiga yashirincha ulanib, belgilangan hisoblagich vositalarisiz elektr energiyasidan foydalangan. Bu holat aniqlanganidan soʻng, ETK tomonidan u haqda tegishli hisob-kitob amalga oshirilib, umumiy miqdordagi zarar miqdori belgilangan. Byuroning Fargʻona tuman boʻlimi davlat ijrochilari qarzdorga nisbatan ijro ishini amalga oshirib, qisqa fursat ichida qarzning toʻliq undirilishini taʼminladi. Mazkur holat fuqarolarni elektr energiyasidan qonunga muvofiq va hisoblagich orqali foydalanish zarurligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.10.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft