"BIR QUTI – YUZ UMID: TOSHLOQDA PILLA BILAN HAYOT YUZAGA KELMOQDA!"
Bu yil Toshloq tumanidagi havosi toza, tabiati go‘zal mahallalarda yana bir bor hayot tantanasi boshlandi. Pillachilik mavsumi qizg‘in pallaga chiqmoqda. 2700 ta xonadon pillaparvarlik yo‘lida qadam tashladi. Ularga umumiy 3405 quti urug‘ tarqatildi. Bu raqamlar ortida nafaqat quti va pilla bor, bu mehnat, intizom va umid bilan to‘la hayot.
Ajablanarlisi shundaki, pilla urug‘ini olishda biror majburiyat yo‘q edi. Har kim o‘z xohishiga qarab qatnashdi. Kimdir besh quti olib, ishni kattadan boshladi, boshqalar esa kamroq, 10 gramm bilan ehtiyotkorona yo‘l tutdi. Ammo bir narsa aniq: to‘g‘ri parvarish va mehr bilan, hatto bir gramm urug‘ ham olam-olam hosilga aylanishi mumkin.
Toshloqliklar bu yil 204 tonna pilla yetishtirishni rejalashtirmoqda. Bu faqat raqam emas, bu yuzlab oilalarning mehnati, yerga va tabiatga bo‘lgan mehrining samarasidir.
Tuman bo‘ylab pilla ustalari, mutaxassislar xonadonma-xonadon yurib, tajriba ulashmoqda, pilla qurtini qanday oziqlantirish, havo va namlik sharoitlarini qanday nazorat qilish kerakligi haqida maslahat bermoqda. Bu jarayonda katta-kichik, yosh-karta bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilmoqda.
Pilla endi shunchaki qo‘shimcha daromad emas — u madaniyat, u mehnatga asoslangan taraqqiyot, u Toshloqning mehnatkash qiyofasi!