1622025-05-09 18:52
Viloyat hokimi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Orifjon ota Mo‘minov xonadonida bo‘ldi

9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona tumanining “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan urush faxriysi Orifjon ota Mo‘minov xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida viloyat rahbari Prezidentimiz nomidan Orifjon otaga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi, shuningdek, 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti va “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medalini tantanali ravishda topshirdi.
Orifjon Mo‘minov 17 yoshida Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan. Jangovar harakatlarda ko‘rsatgan jasorati uchun u bir necha bor orden va medallar bilan taqdirlangan. Urushdan keyin esa uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilgan.
Bugun esa Orifjon ota farzandlari, nabiralari va el-yurt e‘tiborida, xalqimiz ardog‘ida umr kechirmoqda.
Dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan samimiy suhbat davomida faxriylar jasorati, tarixiy saboqlar, yurtga sadoqat tuyg‘usi, urushda jon bergan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi.
Mazkur tashrif, Prezidentimiz e‘tibori va ehtiromi yurtimizda tarixiy xotiraga bo‘lgan chuqur hurmatning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
17302026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
31062026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
30962026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
31062026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14292026-01-12 12:49