Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

332025-05-07 17:44

“Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” — Rishtonda sog'lom hayot sari yana bir qadam

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2087213154313725.jpg
Rishton tumanida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida navbatdagi keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbiri o‘tkazildi. Unda kam ta’minlangan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a’zolari tibbiy ko‘rik bilan to‘liq qamrab olindi. Oylik doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda viloyatdan kelgan 26 xil tor soha mutaxassislari – bolalar nevropatologi, xirurg, stomatolog, pediatr, oftalmolog, travmatolog, kardiolog, pulmonolog, dermatolog, gematolog, nevropatolog, neyrojarroh, allergolog, revmatolog, gastroenterolog, endokrinolog, urolog, ftiziatr, ginekolog, onkolog, bolalar ortopedi, shuningdek UZI va EKG mutaxassislari ishtirok etdi. Tibbiy ko‘rik bilan birga, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, sog‘lig‘iga e’tiborni kuchaytirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi. Tibbiy ko‘rik davomida sog‘lig‘ida muammolari mavjud va xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar to‘liq qamrab olindi. Bundan tashqari, I-II guruh nogironlar o‘rtasida antropometrik ko‘rsatkichlar o‘rganilib, ularga sog‘lom turmush tarzi va zararli odatlardan voz kechish haqida targ‘ibot ishlari olib borildi, tibbiy maslahatlar berildi. Poytaxt, viloyat va mahalliy mutaxassislardan iborat 26 yo‘nalishdagi tor soha shifokorlari tomonidan jami 2086 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, 305 nafar bemorga bepul dori-darmonlar tarqatildi. 28 nafari UZI, 42 nafari rentgen, 118 nafari esa EKG tekshiruvlaridan o‘tkazildi. 41 nafar fuqaro viloyat darajasidagi muassasalarga chuqurroq tibbiy tekshiruvlar uchun yo‘llanma oldi. Salomatlik guruhi bo‘yicha 4-guruhga mansub 16 nafar fuqaroning uyiga borilib, mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi va kerakli tavsiyalar bilan birga bepul dori vositalari topshirildi. Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz