Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

202025-05-07 19:28

Toshloqda "Ochiq eshiklar": Xalq ovozi eshitildi!

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087220558507435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087220558508630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2087220558509825.jpg
Bugun Toshloq tumanida xalq bilan yaqin muloqot, dardlashuv va yechim izlash ruhidagi yana bir samarali fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Abduqahhor Djurabaoyev navbatdagi fuqarolar qabulini amalga oshirdi. Qabul jarayonida har bir fuqaroning armoni, dardi va taklifi diqqat bilan eshitildi. Ba’zi muammolar o‘sha yerning o‘zida hal qilindi, qolganlari esa nazoratga olinib, yechim topish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. “Hokim xalqqa yaqin bo‘lsa, muammolar uzoqqa bormaydi” — deyishadi. Bu uchrashuv ham ana shu so‘zlarning amaldagi isboti bo‘ldi. Toshloqda xalq uchun eshiklar doimo ochiq. Chunki rivojlanish — fuqaro roziligidan boshlanadi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz