Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam.
Dang‘ara tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga uch avlod vakillari, faxriylar, fidoyi harbiylar va yoshlar taklif etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash” kuni bilan samimiy qutladilar va erkin va obod jamiyatimiz, farovon turmushimiz, bularning barchasi mamlakatimizda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan mislsiz o‘zgarish hamda yangilanishlar samarasi ekanligini ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan ikkinchi jahon urushi yillari aks etgan badiiy sahna ko‘rinishi namoyish etilib, vatan, baxt-saodat, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”