«Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan faxriy ustozlar qadrlanmoqda
Farg‘ona tumani 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 9-may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan samimiy va ezgu an‘anaga aylangan tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida maktabda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan faxriy ustozlar bir piyola choy ustida diydorlashib, xotiralar bilan bo‘lishdilar.
Bayramona ruhdagi ushbu muloqot davomida ustozlar o‘tmishdagi tajribalari, yoshlarga bo‘lgan ishonchi va o‘gitlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir maktab jamoasi, ayniqsa yosh pedagoglar uchun katta ruhiy va ma‘naviy ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, tadbir davomida faxriy ustozlar tomonidan yosh pedagoglarga «Ustozlik» ko‘krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi. Bu nishonlar nafaqat e‘tibor va ehtirom ifodasi, balki ustozlik mas‘uliyatini yoshlarga topshirish timsoli sifatida taqdim etildi.
Mazkur tadbir 9-may sanasining asl mohiyatini – o‘tganlarni xotirlash, oramizdagi faxriylarimizga hurmat ko‘rsatish, tarix va ustozlik merosiga sadoqatni namoyon etuvchi go‘zal an‘ana sifatida e‘tirof etildi.