Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

102025-05-11 00:38

«Log‘on» mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746905903681.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746905903700.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746905903735.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746905904000.jpg
Farg‘ona tumani «Log‘on» mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligi, adliya bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida «Ayollar daftari»ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy ahvoli, mavjud muammolari va bandlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi dolzarb yangiliklar, ayniqsa, oilaviy, mehnat, ijtimoiy ta‘minot va ayollar huquqlariga doir yo‘nalishlarda huquqiy maslahatlar berildi. Muloqot chog‘ida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, ish bilan ta‘minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga ham alohida e‘tibor qaratildi. Ba‘zi murojaatlar joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori va 2025-yil 1-maydagi PQ-133-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Unda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yoritildi. Tadbir davomida korrupsiya va firibgarlik jinoyatlari, ularning salbiy oqibatlari va oldini olish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz