Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

442025-05-29 08:29

Farg‘ona tumanida elektr tarmoqlari infratuzilmasi yangilanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748489376844.jpg
Farg‘ona tumanida elektr ta‘minotini yanada barqarorlashtirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanning “Sharq Haqiqati” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu loyiha doirasida eskirgan yog‘och ustunlar zamonaviy, mustahkam beton tayanchlar bilan almashtirilmoqda. Bu nafaqat elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta‘minlaydi, balki xavfsizlikni ham oshiradi. Loyiha Farg‘ona tuman elektr ta‘minoti korxonasi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yangi tayanchlar orqali nafaqat mahallaning, balki unga yaqin joylashgan hududlar ham uzluksiz va barqaror elektr ta‘minoti bilan ta‘minlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz