Farg‘ona tumani Vodilda tarixiy operasiya amalga oshirildi
Farg‘ona tumanining markaziy shifoxonasidagi operasiya zalida ilk bora tarixiy voqea — bukkal uretroplastika «Double Face» amaliyoti bajarildi.
Operasiyani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali mutaxassislari Ilhom Hoshimov va Farxod Qoraboev bilan birgalikda mahalliy jarrohlar hamkorligida o‘tkazishdi.
— Bemor 45 yosh. U anamnezidan 3 yil avval uretrani kateterlash muolajasini o‘tkazgan, — deydi jarroh Hoshimov. — Unda siyish aktida o‘zgarish, kuchanish bilan siyish kuzatilgan. Yashash joyidagi urologga murojaat etgan va tekshiruvlar o‘tkazilib, birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida sistostomiya amaliyoti bajarilgan edi. Bugun esa murakkab operasiyani muvafaqqiyatli o‘tkazdik.
Sohadagi navbatdagi yutuq — yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni markazdan joylargacha etkazish maqsadi edi. Endi bu tashabbus hayotga tatbiq etilyapti.