Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

382025-06-13 18:18

"Yordon" mahallasida xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749820687590.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749820687765.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749820687797.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749820687907.jpg
Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas‘ul Hamidaxon Abdug‘anieva tomonidan tumanning “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur qabulda mahalla ayollari ishtirokida ularni qiynayotgan muammolar, turmush sharoitini yaxshilashga doir ehtiyojlar hamda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Vazirlar Mahkamasining 322-sonli va 402-sonli qarorlari doirasida xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, subsidiya va grant ajratilishi, ijtimoiy yordam va kasb-hunarga yo‘naltirishga oid qator savollar ko‘tarildi. Ishtirokchilarning har bir murojaati diqqat bilan eshitilib, berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha huquqiy va amaliy izohlar berildi. Shuningdek, murojaatlarning joyida hal etilishi yoki tegishli tashkilotlar orqali yo‘naltirilishi ta‘minlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz