Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

632025-06-13 18:59

Farg‘ona tumanida korrupsiyaga qarshi navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823189933.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823189935.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823189929.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823189993.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823190035.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749823190034.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumani hokimligida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, tuman prokurori Oybek Toshpo‘latov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jaxongir Xasanov, tuman DSI boshlig‘i Ilhomjon Sharopov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman miqyosidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida davlat xizmati sohasida korrupsiyaviy omillar yuzaga kelishining asosiy sabablari atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, tizimda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning barcha shakllariga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta‘kidlandi. Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyani barvaqt aniqlash, uning oldini olish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikda belgilangan mexanizmlar haqida atroflicha ma‘lumotlar berildi. Yakunda davlat xizmatchilari faoliyatida amal qilinishi lozim bo‘lgan etik me‘yorlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mas‘uliyatli va halol xizmat yuritish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan birga, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik, poklik va mas‘uliyat hissini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz