Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

652025-06-13 18:55

Shohimardonda “Adliya sayli” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915428.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915441.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915694.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915683.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915689.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915718.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749822915722.jpg
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan viloyatning eksklav hududi bo‘lgan "Shohimardon" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Adliya sayli” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi. Unda mutaxassislar ishtirokida aholiga bepul yuridik maslahatlar berildi, turli yo‘nalishlardagi savollarga qonunchilik asosida izohlar taqdim qilindi. Tadbir doirasida Davlat xizmatlari markazi va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi. Fuqarolar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olish, nikohni qayd etish, mulk huquqi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish kabi xizmatlardan joyning o‘zida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aksiya doirasida tarixiy va huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mahalliy aholi e‘tiboriga musiqali chiqishlar, madaniy dasturlar namoyish etilib, tadbir bayramona kayfiyatda o‘tdi. Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Maftunkor ranglar jilosi” nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining ijod mahsuli bo‘lgan rasmlari bilan qatnashib, hakamlar e‘tirofiga sazovor bo‘ldi. G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz