Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

942025-06-22 08:24

«Shodiyona» maktab ansambli Respublika tanlovida faxrli o‘rin egalladi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664341.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664334.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664591.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664638.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664643.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664646.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664649.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664653.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664663.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750562664762.jpg
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 17–20-iyunь kunlari Samarqand shahrida Respublika miqyosida o‘tkazilgan «Turon» maktab teatri va «Iqtidor» maktab ansambli yo‘nalishidagi nufuzli tanlovda Farg‘ona viloyatining umumta‘lim maktablariga tegishli ikki jamoa muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mart–aprelь oylarida mamlakat bo‘ylab tanlovning quyi bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Farg‘ona viloyatida ham tanlov belgilangan tartib asosida o‘tkazilib, eng iqtidorli jamoalar saralandi va viloyat bosqichida g‘olib deb topilgan jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Farg‘ona tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 8 nafar dutorchi o‘quvchi-qizlaridan iborat «Shodiyona» maktab ansambli jamoasi Respublika bosqichida o‘zining yorqin chiqishlari bilan e‘tiborni tortdi. Ular xalqimizning boy madaniy merosi, milliy san‘at va qadimiy musiqa an‘analarini o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga xizmat qiluvchi dastur bilan sahnaga chiqib, hakamlar va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. «Shodiyona» jamoasining sa‘y-harakatlari e‘tirof etilib, Respublika bosqichida faxrli 3-o‘ringa loyiq deb topildi. Farg‘ona tumani hokimligi jamoa a‘zolari, o‘qituvchilar va maktab ma‘muriyatini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va ularga kelgusi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz