Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

102025-07-31 14:03

Yoshlar bandligi va sog‘lom turmush tarzi yo‘lida navbatdagi tashabbus

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952588953.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952588965.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952588970.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952588973.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952589086.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952589239.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952589248.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1753952589290.jpg
Farg‘ona tumani 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida yoshlar ishtirokida bir qator sog‘lomlashtirish va ijodiy faoliyatlar amalga oshirildi. Ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlangan tadbirlar davomida o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa do‘stona va faol muhitda o‘tib, yoshlar orasida sog‘lom raqobat kayfiyatini shakllantirdi. Shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta‘til davrini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Tikuvchilik” va “Mental arifmetika” to‘garaklari faoliyat olib bordi. Mazkur tadbirlar yosh avlodni jismonan sog‘lom, aqlan etuk etib voyaga etkazish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz