52025-09-17 11:13
Farg‘ona tumanida qurilish-ta’mirlash ishlari ustidan prokurorlik nazorati kuchaytirilmoqda

Viloyat prokuraturasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli Qarori hamda “Tashabbusli byudjet” doirasida Farg‘ona tumanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi va nazoratga olindi.
Xususan, tumanning “Yuqori Archa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan Yoshlar sanoat zonasi hamda 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari joyida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida pudratchi tashkilot vakillari va mas’ul mutasaddilarga qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat talablariga rioya qilgan holda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur nazorat tadbirlari aholining ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Maktab va bog‘chalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
22025-09-17 11:16

Aliment majburiyatlari – qonuniy burch va ota-onalik mas’uliyati
42025-09-17 11:15

Farg‘ona tumanida “Yong‘indan ogohlik” umumilliy kampaniyasi davom etmoqda
312025-09-16 15:06