Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

52025-09-17 11:15

Aliment majburiyatlari – qonuniy burch va ota-onalik mas’uliyati

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917208497680.jpg
“Aliment” so‘zi ko‘pchilikka yoqimsiz tuyulishi mumkin, chunki u ko‘pincha javobgarlik, qarzdorlik va farzand oldidagi burchni bajarmaslik bilan bog‘liq. Farg‘ona tumanida ham shunday holatlardan biri yuz berdi. Farzandi uchun belgilangan alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan ota 47 million so‘mdan ortiq qarzdorlikni yig‘dirib qo‘ydi. Bu raqam faqat moddiy qarz emas, balki farzandning mehr va ta’minotsiz qolganining timsoli hamdir. Qonun ustuvorligi va adolat prinsiplari asosida mazkur holat Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Natijada qarzdor ota qonuniy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Ushbu jazo nafaqat intizomiy choradir, balki ota uchun farzand oldidagi mas’uliyatni chuqur anglash, qilgan xatosidan xulosa chiqarish uchun jiddiy saboq bo‘ldi. Jazo muddatidan so‘ng ota o‘z burchini ado etish maqsadida Majburiy ijro byurosiga murojaat qildi. U nafaqat 47 million so‘mlik qarzdorlikni, balki 1 million 840 ming so‘m miqdoridagi ijro xarajatlarini ham to‘liq to‘lab berdi. Bu esa farzand oldidagi majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari qanchalik og‘ir ekanini ko‘rsatibgina qolmay, ota tomonidan pushaymonlik belgisi va adolat qaror topganining amaliy tasdig‘i bo‘ldi. Mazkur holat aliment majburiyatlari faqat qonuniy burch emas, balki ota-onaning farzand oldidagi eng muhim insoniy mas’uliyati ekanini yana bir bor namoyon etdi. Jamiyatda bunday misollar boshqa ota-onalar uchun ham saboq bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. ✍️ Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi boshlig‘i Saidjon Abduqodirov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft