Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

32025-09-17 11:16

Maktab va bog‘chalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284183005.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284185395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284186590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284187785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284188980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284190175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100917284191370.jpg
Farg‘ona tumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda viloyat prokurorining katta yordamchisi Sirojiddin G‘oziyev ishtirokida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minoti va davomati holati o‘rganildi. Jumladan, tumandagi 28-, 52-, 25-, 58-, 53-umumiy o‘rta taʼlim maktablari hamda 46-, 48- va 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari hamda tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida isitish qozonlari va issiqlik tizimlari, yoqilg‘i zaxirasi, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarining ko‘rilishi, shuningdek, soha xodimlariga yaratilgan sharoitlar alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft