Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

192025-10-23 17:29

Farg‘onalik ustozlar Yaponiyaning Tokio shahridagi “Koendzi Gakuen” boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971675800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971678190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971679385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971681775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971681775.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971682970.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971684165.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104660971684165.jpg
Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan ustozlar delegatsiyasi Tokio prefekturasining Suginami tumanida joylashgan “Koendzi Gakuen” boshlang‘ich maktabida bo‘lib, u yerdagi ta’lim jarayoni, o‘qitish uslublari va bolalarga munosabat madaniyatini yaqindan o‘rgandilar. Tashrif doirasida ustozlar yapon o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘quv jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Ular ta’lim jarayonidagi pedagogik yondashuvlar, sinfdagi tartib, bolalarning faol ishtiroki hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot madaniyatini chuqur tahlil qilishdi. Darslarning interaktiv tarzda tashkil etilishi, texnologiyalardan samarali foydalanish, bolalarning mustaqil fikrlashiga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar ustozlarda katta taassurot qoldirdi. Yapon ta’limiga xos bo‘lgan intizom, daqiqalik va samaradorlik kabi jihatlar o‘zbek o‘qituvchilari uchun o‘rganishga arzigulik tajriba bo‘ldi. Bundan tashqari, tashrif doirasida mahalliy yapon hamkasblar bilan fikr almashish, ta’limdagi yangi tendensiyalar va metodlar haqida muloqot qilish imkoniyati yaratildi. Ustozlar zamonaviy o‘qitish metodikasi, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish va darslarga interaktiv yondashuvlar bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Shu tariqa, farg‘onalik ustozlar uchun mazkur tashrif nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki o‘z pedagogik faoliyatlariga yangi g‘oya va yondashuvlarni olib kirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 24.10.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft