182025-10-23 17:32
Fidoyi mehnatkashlar e’tirof etildi

El rizqi va yurt farovonligi yo‘lida belni mahkam bog‘lab, sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi paxtakorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning mehnatini qadrlash maqsadida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ilxomjon Abduraxmonov, Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov hamda O‘zLiDeP Farg‘ona tuman Kengashi rahbari Saidaxon Otajonova Fargʻona tumanidagi “Yangi yo‘l”, “Xonqiz” va “O‘zbekiston” mahallalarida bo‘ldilar.
Tashrif davomida deputatlar dalalarda mehnat qilayotgan paxtakorlar bilan suhbatlashib, ularning fidokorona mehnati, sabr-toqati va Vatanga bo‘lgan sadoqatini yuksak e’tirof etdilar.
Paxtakorlarning hosil yig‘im-terimida erishayotgan natijalari, ularning tinimsiz mehnati tufayli yurtimiz iqtisodiyoti rivojlanayotganligi, xalq farovonligi ortib borayotgani ta’kidlandi.
Tashabbuskor mehnatkashlarga deputatlar tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fargʻona tumani hokimi Xitoylik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
52025-10-23 17:19