182025-10-23 17:35
Farg‘ona viloyatidan tashrif buyurgan ta’lim sohasidagi mutaxassislar delegatsiyasi Yaponiyada malaka oshirmoqda.

Belgilangan dasturga muvofiq, bugun delegatsiya a’zolari Tokio prefekturasi Suginami tumanidagi Momoi 2-sonli boshlang‘ich maktabida bo‘lib, maktabda maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda dars jarayonlarini kuzatdi.
Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati, bolalarning nutqi va harakatlarini rivojlantirishda musiqa va jismoniy tarbiya fanlarining o‘rni bo‘yicha olib borilgan mashg‘ulotlar orqali zarur ko‘nikmalar egallandi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari Suginami tumani meri va tuman ta’lim kengashi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, “Suginami tumani ta’lim tizimi”ning faoliyati, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasidagi ishlar, shuningdek, odob-axloq masalalari bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar bilan tanishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fidoyi mehnatkashlar e’tirof etildi
172025-10-23 17:32

Fargʻona tumani hokimi Xitoylik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
52025-10-23 17:19