2312026-01-12 13:01
Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda uning tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan 6 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi. Unda davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish va ta’lim tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi.
Shuningdek, targ‘ibot tadbiri davomida korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan holi tizimni shakllantirish, 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida “favqulodda holat” e’lon qilinishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori hamda PF–173-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ushbu hujjatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, huquqiy bilimlarni oshirish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
2262026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2282026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
2292026-01-12 12:49