422026-02-12 14:45
“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus

Farg‘ona viloyatida 260 gektardan ortiq maydonda sanoatlashgan zamonaviy issiqxonalar tashkil etilgan. Bu nafaqat yerdan samarali foydalanish, balki yil davomida mahsulot yetishtirish imkonini bermoqda. Mazkur issiqxona maydonlarining katta qismi aniq ixtisoslashuv asosida faoliyat yuritmoqda ya’ni hozirda 86 gektarda pomidor, 24 gektarda bodiring, 4 gektarda bulg‘or va achiq qalampir yetishtirilyapti.
Farg‘ona tumanidagi “Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi tadbirkor Alisher Akbarov issiqxonachilik orqali muvaffaqiyatga erishgan dehqonlardan biri hisoblanadi. U 2 gektar maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etgan bo‘lib, 50 sotix yerda bodiring, 1 gektar yerda qalampir yetishtirmoqda. Qolgan maydonlarda esa mavsumiy ekinlar ekilib, yerdan samarali foydalanilmoqda.
Issiqxona sharoitida yuqori hosil olish uchun o‘simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish, fitosanitar talablarga qat’iy rioya etish muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2026-yil 15- yanvardan 16- fevralga qadar “Dolzarb 30 kunlik” tadbiri e’lon qilindi.
Tadbir doirasida “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” shiori ostida hududlardagi issiqxonalarda zararli organizmlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari amalga oshirilmoqda. Karantin inspektorlari agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni xatlovdan o‘tkazib, fitosanitar nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
Fitosanitariya laboratoriyasi mutaxassislari sayyor mobil laboratoriya orqali joylarda tahlil ishlarini amalga oshirmoqda. Issiqxonalarda o‘simliklardan namunalar olinib, tezkor tahlil qilinmoqda. Natijalar asosida dehqonlarga amaliy tavsiyalar berilib, kasallik va zararkunandalarning oldi olinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
14372026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
14292026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
14352026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
13982026-01-12 12:49