6282025-03-18 20:08
Farg‘ona tumanida “Navro‘z“ umumxalq bayrami keng nishonlandi

Farg‘ona tumanidagi “Yoshlarobod“ markaziy o‘yingohida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!“ shiori ostida “Navro‘z“ umumxalq bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Yangilanish va yasharish faslining madhiyasiga aylangan ushbu bayram xalqimizning azaliy qadriyatlarini namoyon etib, barchaga quvonch va shodlik ulashdi.
Bayram tadbirlari davomida tomoshabinlar uchun qiziqarli sahna ko‘rinishlari, milliy urf-odatlarimiz aks etgan sahnalashtirilgan marosimlar taqdim etildi. Elimiz sevgan, taniqli san‘atkorlar va yosh iqtidorli ijrochilar ishtirokida konsert dasturi tashkil etilib, o‘yingohni jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar, xush kayfiyat egalladi.
Bayram shukuhi hukm surgan maydonda bolajonlar varrak uchirib, milliy o‘yinlar namoyishida qatnashishdi. Shuningdek, milliy hunarmandchilik va madaniy merosimizni targ‘ib etuvchi maxsus ko‘rgazmali burchak tashkil etilib, mehmonlar e‘tiboriga havola etildi.
Navro‘z – mehr-oqibat, bag‘rikenglik va ezgulik bayrami. Ushbu tantanalar yana bir bor xalqimizning mustahkam do‘stligi, o‘ziga xos madaniyati va boy tarixini aks ettirdi. Bayram shodiyonalari kechgacha davom etib, barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi
1382025-09-12 16:22

Farg‘ona tumanida “Milliy libos – millat ko‘zgusi” tadbiri bo‘lib o‘tdi
1432025-09-12 15:23

Fargʻona tumanida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
1512025-09-12 14:11

“Ibratli tengdoshim” tadbiri — yoshlar uchun namunali tashabbus
1522025-09-12 13:47

“Mehnat huquqingizni bilasizmi?” — Fargʻona tumanida davra suhbati oʻtkazildi
1502025-09-12 11:01