Farg‘ona tumanida bog‘dorchilik bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi
Farg‘ona tumanidagi “Tojixon Shodieva“ fermer xo‘jaligida bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Tursunov, Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Jo‘raev, sohaga oid mas‘ul tashkilotlar vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida eskirgan bog‘larni yangilash va ularning o‘rnida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish, bog‘ qator oralaridan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirgan holda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat bilan taminlash va shu orqali fermer xo‘jaliklari daromadini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, intensiv bog‘lar an‘anaviy usulda etishtiriladigan bog‘larga nisbatan 3-4 baravar ko‘proq hosil beradi va suvni 30-40% tejaydi. Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llash natijasida suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati ortadi. Hozirda Farg‘ona tumanida 7 ming gektardan ortiq bog‘ maydonlari mavjud bo‘lib, shundan 510 gektardan ziyodi intensiv bog‘lar hisoblanadi.
Tadbir davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu kabi amaliy tadbirlar fermerlarga tajriba almashish, ilg‘or texnologiyalarni o‘z faoliyatiga tatbiq etish imkonini beradi.