Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

3332025-03-22 22:04

Farg‘ona tumanida 2,5 mln dollarlik intensiv bog‘ loyihasi amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742662900204.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742662900466.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742662900479.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742662900540.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742662900591.jpg
Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov “Do‘stlik“ MFY hududida tashkil etilayotgan 100 gektarlik intensiv bog‘ loyihasi bilan tanishdi. Mazkur loyiha “FERGANA AGRO CLUSTER AND LOGISTICS“ MChJ QK tomonidan xorijiy investisiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati 2,5 million dollar bo‘lib, bu mablag‘ turkiyalik investor Ahmed Serkan tomonidan kiritilgan. Loyiha doirasida o‘rik, gilos, shaftoli va olxo‘ri kabi eksportbop mevalar etishtiriladigan zamonaviy intensiv bog‘ barpo etilmoqda. Bugungi kunda meva ko‘chatlarini ekish, membrana xovuzini tashkil etish kabi ishlar olib borilmoqda. Mazkur suv tejovchi tizim sug‘orish samaradorligini oshirish va hosildorlikni ko‘paytirish imkonini beradi. Rejaga ko‘ra, loyiha ishga tushgach, 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va 5,5 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, intensiv bog‘lar an‘anaviy bog‘larga nisbatan 3-4 baravar ko‘proq hosil beradi va suvni 30-40% tejaydi. Bu kabi yirik investision loyihalar Farg‘ona tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mevachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz