11202025-03-24 12:17
Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha press-tur tashkil etildi

Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini rivojlantirish, Shohimardon va Yordon qishloqlari, Vodil, Avval va Chimyon shaharchalarining master rejasini ishlab chiqish jarayonlari bilan tanishish maqsadida mahalliy bloggerlar va media sohasi vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida chet ellik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, sayohat va ziyorat turizmi doirasida tuman markazidagi “Chinor tagi“ dam olish va istirohat bog‘i hamda uning sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlari bilan tanishildi. Mazkur bog‘ hududida joylashgan ming yillik chinor va “Xo‘ja Ahmad Valiy“ maqbarasi ziyoratgohlari sayyohlarni jalb etishda muhim rolь o‘ynashi ta‘kidlandi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Farg‘ona tumanining turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha Shohimardon, Yordon, Vodil, Avval va Chimyon hududlarining master rejalari ishlab chiqilib, mazkur rejalar bo‘yicha aholi orasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Press-tur davomida shuningdek, Vodil MFY hududida eskirgan turar joy binolarini buzish va ularning o‘rnida zamonaviy 7 qavatli turar joy binolari qurish (renovasiya) bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida blogger va jurnalistlarga tushuntirish berildi. Ushbu ishlar hududiy infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy turizm sharoitlarini yaratish va yashash sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur tashabbuslar Farg‘ona tumanini mintaqaning yirik turistik markazlaridan biriga aylantirish va chet ellik sayyohlarni ko‘proq jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
19842026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
33542026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
33472026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
33542026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14342026-01-12 12:49