4892025-04-14 23:41
Farg‘ona tumanida g‘o‘za maydonlarida birinchi kompleks ishlov berish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Tursunov va Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida tumanda 2025-yilgi paxta mavsumi doirasida ekilgan g‘o‘za maydonlarida birinchi kompleks agrotexnik ishlov berish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Fergana Oceana» paxta klasteriga qarashli dala maydonlarida o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbarlari, agronomlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Amaliy mashg‘ulotlarda g‘o‘zani kulьtivasiya qilishning optimal vaqti, zararkunandalarga qarshi kurashishda biologik usullardan foydalanish, foydali havo harorati yig‘ish (GDD – Growing Degree Days) hisob-kitoblari, chuqur yumshatish va o‘g‘itlash texnologiyalari bo‘yicha batafsil ma‘lumotlar berildi.
Seminar davomida Alibek Tursunov «hosildorlikka ta‘sir qiluvchi asosiy omil bu — agrotexnika talablariga qat‘iy amal qilishdir», deya ta‘kidladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, g‘o‘zada birinchi kulьtivasiya ishlari to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilganda hosildorlik 15–20 foizgacha ortishi mumkin.
Bu kabi amaliy seminarlar tumanning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib, o‘zaro tajriba almashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yashirincha foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarz toʻliq undirildi
192025-10-22 18:20

“Ona tilim – faxrim” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir
312025-10-22 14:12

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
772025-10-21 11:35