8712025-04-15 00:15
Farg‘ona tumanida ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi

Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq qonunbuzilishlarning oldini olish va yashil hududlarga zarar etkazilmasligini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan tartibda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida «Oqbilol», «Do‘stlik» va «Yuqori Archa» mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi qir-adirliklar atrof-muhit holatini o‘rganish maqsadida ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar jarayonida fuqarolar tomonidan, xususan tuman aholisi hamda qo‘shni shahar va tumanlardan dam olish uchun kelgan shaxslar tomonidan atrofga bir martalik plastik buyumlar, suv idishlari, qadoqlangan mahsulotlar qoldiqlari kabi chiqindilarni tashlab ketish holatlari aniqlangan.
Holat yuzasidan dam oluvchi fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya kodeksining tegishli moddalari asosida tushuntirish ishlari olib borilib, atrof-muhitni muhofaza qilishning muhimligi, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, tabiat go‘zalligini asrab-avaylash zarurligi yuzasidan ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarga shikast etkazmaslik, yashil hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha mavjud qonunchilik normalari haqida ham axborotlar taqdim etildi.
Mazkur reyd tadbirlari doirasida fuqarolarga: «Tabiatni asrash – barchamizning burchimiz! Toza va ozoda muhitda baraka va salomatlik bo‘ladi» degan mazmundagi targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.
Farg‘ona tumani Ekologiya bo‘limi tomonidan kelgusida ham ushbu yo‘nalishda profilaktik va nazorat tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
15782026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
29482026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
29422026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
29512026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14242026-01-12 12:49