Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

302025-04-23 16:04

“Kitob ziyo chashmasi”: Farg‘ona tumanida kitobsevar yoshlar uchun rang-barang tadbirlar o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249173.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249443.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249360.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249502.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249543.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249532.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745406249529.jpg
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi mavzuga bag‘ishlangan bir qator ijodiy va ma‘naviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, “Kitob ziyo chashmasi” va “Men sevgan asar qahramonlari” rukni ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlov kitobxon o‘quvchilarning tasavvur olamini, estetik didini va o‘qigan asarlarga bo‘lgan individual yondashuvini ifodalashga xizmat qildi. Tadbirda faol kitobxonlar bilan bir qatorda tumandagi 5-, 18-, 43-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining sevgan asarlari asosida chizgan ijodiy ishlari, sahna ko‘rinishlari va qahramonlarga oid ta‘sirli mulohazalari bilan barchaga iliq taassurot qoldirdilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz