“Navoiy dillarda yashaydi mudom” – Farg‘ona tumanida Navoiyxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk mutafakkir, ulug‘ shoir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy dillarda yashaydi mudom” shiori ostida Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi.
Ma‘naviy-ma‘rifiy ruhda o‘tgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva, adiba Gulchehra Asranova, Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir, yozuvchi, tarjimon va romanshunos A‘zam Ismoil, shuningdek, Farg‘ona tumani hokimligi, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘limi, Nuroniylar kengashi hamda Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mehmonlar Alisher Navoiy ijodining bebaho ma‘naviy meros ekanini ta‘kidlab, uning she‘rlari va g‘azallaridan parchalar o‘qib berdilar. So‘z olganlar yosh avlodni Navoiy asarlarini sevib o‘qishga, ma‘naviyat va ma‘rifatga intilishga chaqirdilar. Ular maktab o‘quvchilariga ilm yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.