Farg‘ona tumanida 103 yoshli Ikkinchi jahon urushi faxriysi xonadonida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham xalq xizmatida bo‘lib, Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan faxriylarni qadrlash bo‘yicha ko‘plab ezgu tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Farg‘ona tumanida istiqomat qilayotgan, 103 yoshni qarshilagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Orifjon Mo‘minov xonadonida mazmunli va ma‘naviy boy tadbir — “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari, Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlarda xizmat qilgan faxriylar, harbiy orkestr a‘zolari, ma‘naviyat targ‘ibotchilari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda uch avlod vakillari — faxriylar, harbiylar va yoshlar bir davrada jam bo‘lib, Orifjon bobo Mo‘minovning mardlik, fidoyilik va sabr-toqat bilan to‘la hayot yo‘lidan ilhomlandilar.
Tadbir davomida faxriyni e‘zozlash, uning xizmatlarini qadrlash maqsadida samimiy so‘zlar, bayram tabriklari, badiiy chiqishlar ham taqdim etildi. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, yoshlar tomonidan o‘qilgan she‘rlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.