Farg‘ona tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
Farg‘ona tuman hokimligida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimligi vakillari, mahalliy ijro organlari, huquq-tartibot idoralari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda alohida e‘tibor talab etiladigan yoshlarni mas‘ul rahbarlarga biriktirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Ta‘kidlandiki, Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga bildirilayotgan e‘tibor va g‘amxo‘rlik natijasida mamlakatimizda sohada mutlaqo yangi tizim — “mahalladan vazirlikkacha” tamoyiliga asoslangan "mahalla – tuman – viloyat – respublika" bosqichli tizimi joriy etildi. 2023-yildan boshlab har bir yosh bilan individual ishlash amaliyoti “Yoshlar balansi” asosida shakllantirilib, ularning ehtiyoj va qiziqishlari o‘rganilmoqda.
Yig‘ilishda ma‘lum qilinishicha, 2024-yilda “Yoshlar balansi” doirasida Farg‘ona tumanida 540 nafar og‘ir toifadagi yoshlar 40 nafar mas‘ul rahbarga biriktirilgan, natijada 173 nafar yoshga 261 ta ko‘mak ko‘rsatilib, ularning turli muammolari hal qilingan.
Bundan tashqari, joriy yilda yoshlar etakchilari tomonidan 73 ta mahallada xonadonma-xonadon yurishlar orqali 14–30 yoshdagi 47 019 nafar yosh bilan individual ishlash uchun “yoshlar balansi” shakllantirildi va ular qiziqishlari va muammolari kesimida 3 ta toifaga (yaxshi, o‘rta, og‘ir) ajratildi.
Shu asosda, “og‘ir” toifadagi yoshlar huquq-tartibot va mudofaa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari va tijorat banklari rahbarlariga shaxsiy tartibda biriktirib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida hokimlik, tashkilot va banklar rahbarlari hamda huquq-tartibot organlari vakillariga har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib:
- ularning muammolarini hal qilish,
- chet tillari va kasb-hunarga o‘qitish,
- tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish,
- bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish,
- huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish kabi vazifalar yuklatildi.