Farg‘ona tumanida maktab o‘quvchilari uchun kutubxona sayohati tashkil etildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 5-, 18- va 43-umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilari uchun ma‘rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxona faoliyati haqida batafsil ma‘lumot berildi. Jumladan, ular kutubxonaning tarixi, kitoblar fondi, foydalanuvchilarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar va xizmat ko‘rsatish tartibi bilan yaqindan tanishtirildi.
Kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kitobxonlikning ahamiyati, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bilim va tafakkurni boyitishdagi roli haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonadan qanday foydalanish, kerakli adabiyotlarni qanday topish va o‘qish madaniyati bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalar oldilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularda bilimga intilish va mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.