Farg‘ona tumanida “Kitob tafakkur – xazinasi” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida “Kitob tafakkur – xazinasi” mavzusida navbatdagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov ishtirok etib, o‘zining ma‘ruzasi bilan qatnashdi. O‘z so‘zida u kitob o‘qish va mutolaaga bo‘lgan qiziqish inson hayotidagi muvaffaqiyatlar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq ekanligini ta‘kidladi.
Ilhomjon Toshpo‘latov ta‘kidlaganidek, ko‘p kitob o‘qiydigan inson yangi axborot va ma‘lumotlarni tez qabul qiladi, o‘z bilim doirasini kengaytiradi va zamonaviy raqobatbardosh dunyoda o‘z o‘rnini topa oladi. U ayniqsa bugungi raqamli texnologiyalar asrida o‘qish va tushunish qobiliyati insonlar uchun muhim raqobat ustunligiga aylanib borayotganini alohida qayd etdi.
Tadbir davomida faol kitobxonlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Faol ishtirokchilarga Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.