Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi
1 may kuni mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Farg‘ona shahrida ham mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov jarayoni boshlandi.
Bugun Farg‘ona shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘inida saylov o‘tkazildi.
Mazkur mahallada 4050 nafar aholi istiqomat qiladi, 1553 ta xonadon mavjud. Saylovda 1619 nafar saylovchi nomidan 203 nafar vakil ishtirok etdi. Nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlari bilan tanishtirilib, aholi fikrlari eshitildi.
Yakunga ko‘ra, 98 foiz vakillar yoqlab ovoz bergan Mohira Mirzamahmudova “Nodirabegim” MFY raisligiga saylandi.
Rais kelgusida mahalla ijtimoiy hayotini yaxshilash, aholiga qulay sharoitlar yaratish va muammolarni hal qilishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.