Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

372025-06-13 12:36

Farg‘ona tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasida madaniy-ma‘rifiy faoliyatlar davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800208423.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800208428.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749800208445.jpg
Farg‘ona tumani madaniyat bo‘limi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari uchun madaniy-ma‘rifiy tadbirlar faol tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar, avvalo, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Tuman maktablarida hozirda musiqiy va milliy an‘anaviy ijod yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, rasm va amaliy san‘atga oid darslar ham yo‘lga qo‘yilgan. Bunda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari shakllantirilmoqda, ularning tasviriy san‘atga bo‘lgan qiziqishlari rag‘batlantirilmoqda. Bundan tashqari, qo‘l mehnati va teatr san‘ati bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda bolalar sahna ko‘rinishlari, aktyorlik mahorati hamda hunarmandchilik faoliyatlariga jalb etilmoqda. Shuningdek, milliy kuy va qo‘shiqlarni o‘rgatish mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar xalqimizning boy musiqiy merosini chuqur o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ushbu tashabbuslar yoshlarda estetik didni shakllantirish, ularni madaniyat va san‘atga yaqinlashtirish, shuningdek, sog‘lom ma‘naviy muhit yaratish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tumandagi madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning bu boradagi mehnatlari yoshlar orasida keng e‘tirof etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz