2022025-06-13 12:33
Farg‘ona tumanida ishsiz fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Farg‘ona tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ishsiz fuqarolarning bandligini ta‘minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari hamda tuman miqyosidagi korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 125 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Yarmarkada jami 75 nafar fuqaro qatnashdi. Ularning 28 nafarini yoshlar, 40 nafarini esa ayollar tashkil etdi. Tadbir davomida 25 nafar ishsiz fuqaro korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirildi. Jumladan, 4-sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotiga 1 nafar fuqaro kir yuvuvchi mashinist lavozimiga, 28-sonli DMTTga esa 1 nafar fuqaro oshpaz sifatida ishga yo‘llandi. Qolgan 23 nafar ishtirokchi tuman hududida faoliyat olib borayotgan xususiy korxona va MChJlarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 11 nafar fuqaroga Farg‘ona shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida ayollar sartaroshi, santexnika ustasi, kran mashinisti, kompyuter dizayni kabi yo‘nalishlarda qayta kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari, “Altindag‘” MChJ tomonidan 40 nafar ishsiz fuqaro tikuvchilik yo‘nalishida qayta kasbga o‘qitish va keyinchalik ishga joylashtirish uchun ro‘yxatga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
30542026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
44072026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
44072026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
44132026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14572026-01-12 12:49