Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

342025-05-09 21:23

Bayramga bag'ishlab tadbir o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356429360.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356432945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356442505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356444895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356446090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356449675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356452065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435356454455.jpg
Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inidagi 12494-harbiy qismida 9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tuman hokimi, huquq-tartibot va huquqni muhofag'a qiluvchi organlar vakillari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, tumandagi harbiy qismlarning askar va zobitlari, afg'on urushi ishtirokchilari, Vatan qahramonlarining ota-onalari qatnashgan mazkur tadbir harbiy qismda o'rnatilgan Xotira majmuasiga gulchanbar qo'yishdan boshlandi. Bayramga bag'ishlab tantanali saf-parad ham o'tkazildi. Tuman madaniyat o'yi vakillari, 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchlariva Sarikanda mahallasidai nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbilanuvchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kompozitsiyada inson qadri ulug'landi, sahnada Ikkinchi jahon urushining manzaralari namoyish etildi. Tadbir davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barchani ushbu muborak sana bilan muborakbod etdi. Tadbirda bir guruh askar va zobitlar, vatan himoyachilari, afg'on urushi ishtirokchilariga hamda bayramni ko'tarinkilik bilan o'tkazishga qo'shgan hissalari barcha tashkilotchilarga uchun tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida qatnashib, “qizil iblis” nomini olgan, Leningrad shahri qahramoni Teshaboy Odilov haqida yozilgan yangi kitob taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Kitob muallifi – Teshaboy Odilovning farzandi Odiljon Teshaboyev so'zga chiqib, kitobning yaratilishi ta'rixi va otasining shijoati haqida gapirdi va harbiy qismga mazkur kitobni hadya etdi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz