Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

362025-05-09 21:25

Front ortida yuksak matonat ko'rsatgan 20 nafar faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko'rsatildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442904340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442906730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442909120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442910315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442912705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442913900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442916290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087435442918680.jpg
Vatan tinchligi, yurt osoyishtaligi eng ulug' ne'mat hisoblanadi. Mana shunday ulug' ne'matga muvaffaq bo'lish yo'lida millionlab yurtdoshlarimizning joni fido bo'lgan. Bunga 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi yorqin misol bo'la oladi. Bu yil ushbu sana – ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaga 80 yil to'ldi. G'alabani ta'minlashda front ortida zahmat chekib, mehnat qilgan yurtdoshlarimizning ham cheksiz hissasi bor. Prezidentimizning 2025 yil 25 fevraldagi tegishli farmoniga muvofiq So'x tumanida 1941-1945 yillarida urush va front ortida yuksak matonat ko'rsatgan 20 nafar faxriylarga izzat-ikrom ko'rsatilib, “Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali hamda bir martalik pul mukofoti tantanali topshirildi. Prezidentimizning ushbu mukofotini mehnat faxriylariga topshirish marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman mudofaa ishlari bo'limi mutasaddilari, tumandagi harbiy qismlarda farzandlik burchini ado etayotgan askarlar, tumandagi huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi vakillari, mahallalar yettiligi va tuman Xalq banki xodimlari ishtirok etishdi. Esdalik yubiley medali va bir martalik pul mukofotlari har bir front orti mehnatkashlariga manzilli yetkazib berildi. Tashrif chog'ida faxriylarga yuksak humat va ehtirom ko'rsatildi. Faxriylar xonadonlariga tashrif jarayonida bo'lib o'tgan suhabatlarda ikkinchi jahon urushining yurtdoshlarimiz boshiga solgan kulfatu tashvishlari yana bir karra esga olindi. Duoga qo'l ochgan nuroniylarimiz yurt tinchligini tilab, ezgu niyatlar qilishdi va ko'rsatilayotgan bunday e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik izhor etishdi. Darhaqiqat, tinchlik buyuk ne'matdir va uning qadriga har lahza yetib umrguzaronlik qilmog'imiz lozim. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz